Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 48-51-betlar
“SHAME-UYAT” KONSEPTINING INGLIZ VA O‘ZBEK LINGVOKULTURASIDA ONTOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Jumayeva, Guzal
Annotatsiya
Mazkur maqola «shame» va «uyat» konseptlarining ontolingvistik xususiyatlarini qiyosiy-lingvokulturologik aspektda o‘rganadi. Tadqiqot bolalar, o‘smirlar va kattalar nutqiy faoliyatida ushbu konseptlarning turli freym tuzilmalarida qanday namoyon bo‘lishini tahlil qiladi. Shu bilan birga, «shame/uyat» konseptining individual va kollektiv o‘lchovlari, lingvokulturologik kategoriyalar doirasidagi semantik-pragmatik xususiyatlari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, ingliz lingvokulturasida «shame» asosan individual, ichki kechinma sifatida, o‘zbek lingvokulturasida esa «uyat» ijtimoiy-kollektiv me'yor va nazorat mexanizmi sifatida kuchliroq ifodalanadi. Ontolingvistik yondashuv ushbu konseptlarning ontogenez jarayonida qanday shakllanishini va yosh bosqichlariga ko‘ra semantik-freym o‘zgarishlarini ochib berishga imkon beradi.
shame, uyat, konsept, ontolingvistika, freym, lingvokulturologiya, individual-kollektiv xususiyat, bolalar nutqi, o‘smirlar nutqi, qiyosiy tilshunoslik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.