Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 86-88-betlar
JEK LONDONNING “MARTIN IDEN” ROMANIDA BOSH QAHRAMON OBRAZINING BADIIY TALQINI
Тожиева, Дилфуза
Annotatsiya
Ushbu maqolada amerikalik yozuvchi Jek Londonning “Martin Iden” romanidagi bosh qahramon obrazi badiiy-estetik va obrazlar tizimi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Martin Idenning oddiy dengizchidan o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan ijodkor shaxsga aylanish jarayoni, uning bilim va ma’rifatga intilishi, adabiyotga bo‘lgan munosabati hamda jamiyat bilan ziddiyatlari yoritiladi. Qahramon xarakterining shakllanishida muhabbat, ijtimoiy muhit, ijodkorlik va shaxsiy intilishlarning o‘rni tahlil etiladi. Shuningdek, Martin Iden obrazining boshqa personajlar bilan munosabati orqali ochilishi, uning ichki kechinmalari va ruhiy o‘zgarishlari hamda obrazning fojiaviy mohiyati tadqiq qilinadi. Maqolada yozuvchining bosh qahramon xarakterini yaratishdagi badiiy mahorati va obraz orqali ilgari surilgan g‘oyaviy mazmun ochib beriladi.
Jek London, “Martin Iden”, bosh qahramon, obraz, badiiy talqin, xarakter, ijodkor shaxs, shaxs va jamiyat, ruhiy kechinmalar, ichki ziddiyat, adabiyot, ijodkorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.