Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 182-186-betlar
GO‘ZAL BEGIM SHE’RIYATIDA SHARQ VA G‘ARB ADABIY AN’ANALARI SINTEZI
Бегмуллаев, Отабек, Ешмирзаев, Содиқжон, Кохарова, Далира
Annotatsiya
O‘zbek adabiyotshunosligida Sharq va G‘arb an’analari sintezi an’anaviy ravishda obrazlar qorishuvi darajasida o‘rganiladi, natijada she’riy kitobning yaxlit tuzilishi tahlildan chetda qoladi. Maqolada J. Jenettning paratekst konsepsiyasi hamda paratekstual, xronologik-genetik va qiyosiy-tipologik metodlar asosida Go‘zal Begimning «Majnunsoat» (2012) va «Yoki» (2018) to‘plamlari tahlil qilinadi. Aniqlanishicha, sintez badiiy obrazda emas, matnni o‘rab turgan apparatda — izoh, epigraf, bag‘ishlov hamda sana va joy yozuvida ro‘y beradi; apparatning 2008–2018 yillardagi shakllanish xronologiyasi tuzildi va izohlash mezoni belgilandi. Nazariy ahamiyati modern she’riyatdagi milliylik matnning ichki qurilishida namoyon bo‘ladi degan qoidani paratekstual sath hisobiga kengaytirishda, amaliy ahamiyati esa natijalarning maxsus kurslar va matn tahlili amaliyotida qo‘llanilishidadir.
Go‘zal Begim, paratekst, ekstratekstuallik, izohlar apparati, modernizm, milliylik, badiiy tarjima.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.