Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 10-son (2025)
ISLOMIY MOLIYA INSTRUMENTLARINI JORIY ETISH ORQALI OʻZBEKISTONDA MOLIYA BOZORINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHNING STRATEGIK YOʻNALISHLARI
Xodjayev, Aziz
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston moliya bozorini diversifikatsiya qilish jarayonida islomiy moliya instrumentlarinijoriy etishning iqtisodiy va institutsional ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda islomiy moliya tizimining adolat, riskni tengtaqsimlash va real aktivlarga asoslanish tamoyillari milliy moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qanday xizmat qilishiyoritilgan. Xalqaro tajribalar asosida O‘zbekiston uchun sukuk, murabaha, musharaka kabi instrumentlarni joriy etishningistiqbollari baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, islomiy moliyaning bosqichma-bosqich rivojlanishi mamlakatdainvestitsion muhitni kengaytirish, moliyaviy inklyuziyani oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkonini beradi
islomiy moliya, sukuk, moliya bozori, diversifikatsiya, barqaror rivojlanish, investitsiyalar, shariat tamoyillari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.