Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 10-son (2025)
SOLIQ MA’MURIYATCHILIGI SUBEKTLARI O‘RTASIDAGI O‘ZARO HAMKORLIK MEXANIZMLARINING RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIGA MOS TRANSFORMATSIYASI
To‘rayev, Shavkat, Ibadullayev, Sanjar
Annotatsiya
Maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq ma’muriyatchiligining transformatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan.Ushbu tadqiqotda soliq ma’muriyatchiligi mexanizmining asosiy elementlari – institutsional, funksional, huquqiy va raqamliyo‘nalishlar tahlil qilinadi. Soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish bosqichlarini -umumiy nazoratdan riskga asoslangan va mijozlar uchun qulay yo‘nalishga o‘tishni alohida ta’kidlaydi. Tadqiqot natijasidasoliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish uchun yagona hisobot standartini joriy etish, soliq monitoringinikengaytirish va ishtirokchilar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash zarurligi haqida hulosa keltirilgan.
Soliq ma’muriyati, raqamli iqtisodiyot, riskga asoslangan yondashuv, soliq monitoringi, raqamli transformatsiya, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv, soliq majburiyatlarini bajarish, soliq organlari, soliq to‘lovchilar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.