Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 11-son (2025)
PILLACHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA VA DAVLAT KOʻMAGIGA OID METODOLOGIK YONDASHUVLAR
Xudoykulov, Mamarasul
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekistonda pillachilik sohasini rivojlantirishda investitsiya va davlat qoʻllovi samaradorliginioshirishga oid metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqotda qiymat zanjiri boʻyicha bosqichma-bosqichinvestitsiyalash modeli taklif etilgan: xom ashyo yetishtirish, chigʻiriqlash va ip ishlab chiqarish, mato va tayyor mahsulotishlab chiqish, dizayn va eksport infratuzilmasi. Mazkur model davlat va xususiy sektorning muvofiqlashgan ishtirokinitaʼminlab, raqamli monitoring, ESG standartlari va ijtimoiy samaradorlik mezonlariga asoslangan sarmoyalashmexanizmlari orqali tarmoqni yuqori qoʻshimcha qiymatli va eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoatga aylantirishimkonini beradi. Shuningdek, pillachilik klasterining barqaror rivojlanishi, ayollar va yoshlar uchun barqaror ish oʻrinlarihamda qishloq aholisi daromadini oshirish bilan bogʻliq ijtimoiy-iqtisodiy foydalarga erishish yoʻllari koʻrsatilgan
pillachilik, investitsiya, davlat qoʻllovi, qiymat zanjiri, ESG, klaster, raqamli monitoring, eksportbop mahsulot, ijtimoiy samaradorlik, xom ashyo qayta ishlash
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.