Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 12-son (2025)
DAVLATNING IJOBIY IMIJINI YARATISHDA TURIZM VA XALQ DIPLOMATIYASINING STRATEGIK O‘RNI
Kasimova, Zilola
Annotatsiya
Globallashuv sharoitida davlatlarning xalqaro maydondagi mavqei axborot oqimi, madaniy-gumanitarhamkorlik va xalq bilan samarali muloqot mexanizmlariga tayanmoqda. Xalq diplomatiyasi madaniyat, ta’lim, turizm, san’at,ilm-fan va yoshlar tashabbuslari orqali milliy manfaatlarni ilgari surish hamda davlatning xalqaro imijini shakllantiruvchi“yumshoq kuch” vositasi sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotda Saymon Anholtning “Nation Brand Hexagon” modeliasosida milliy brendni mustahkamlashda turizm diplomatiyasi va raqamli kommunikatsiyalarning samaradorligi tahlilqilindi. So‘nggi yillarda turizm diplomatiyasining faollashuvi, viza siyosatining liberallashuvi va ijtimoiy tarmoqlardagi faoltarg‘ibot mamlakatga bo‘lgan global qiziqishning oshishiga xizmat qilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasiva “O‘zbekiston 2030” konsepsiyasida xalq diplomatiyasining institutlashuvi milliy imijni mustahkamlashning ustuvoryo‘nalishi sifatida belgilangan. Milliy qadriyatlar va innovatsion kommunikatsiyalar uyg‘unligiga tayanadigan ushbuyondashuv Uchinchi Renessans poydevorining shakllanishiga hissa qo‘shmoqda.
xalq diplomatiyasi, milliy imij, turizm diplomatiyasi, raqamli kommunikatsiya, ijtimoiy media marketing, “Nation Brand Hexagon”, “yumshoq kuch”, milliy brend.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.