Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 2-son (2026)
IJTIMOIY OBYEKTLARDA QURILISH XIZMATLARINI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY – ASOSIY TAMOYILLARI
Gapparov, Azim
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada ijtimoiy obyektlarda qurilish xizmatlarini moliyalashtirishning nazariy asoslari hamdaasosiy tamoyillari kompleks tarzda yoritilgan. Tadqiqot doirasida ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishining iqtisodiymazmuni, moliyalashtirish jarayonining institutsional mexanizmlari va ularning samarali ishlashini ta’minlovchi omillar tahlilqilingan. Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xususiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklikasosidagi moliyalashtirish shakllarining afzalliklari hamda cheklovlari ochib berilgan. Shuningdek, moliyalashtirishdamaqsadlilik, shaffoflik, tejamkorlik, samaradorlik va barqarorlik tamoyillariga amal qilish ijtimoiy obyektlar qurilishiningsifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy asoslangan.
ijtimoiy obyektlar, qurilish xizmatlari, moliyalashtirish mexanizmi, davlat budjeti, investitsiyalar, davlat-xususiy sheriklik, moliyaviy tamoyillar, samaradorlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.