Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 2-son (2026)
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA EKOLOGIK XARAJATLARNI BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH VA BAHOLASH
Rabbimov, Elbek, G‘afforov, Ilhom, Ergashev, Olloyor
Annotatsiya
Ushbu maqolada korxonalarda atrof-muhit bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishning zamonaviyyondashuvlari hamda ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ekologik xarajatlarnianiqlash, baholash va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning turli usullari, jumladan, umumiy xarajatlar, to‘g‘ridanto‘g‘ri ekologik xarajatlar, jarayonlarga asoslangan yondashuv va to‘liq ekologik hisob konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, ekologik xarajatlarning investitsiya yoki joriy xarajat sifatida tan olinishi masalasi xalqaro buxgalteriya hisobistandartlari (IAS/IFRS) nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari korxonalarda ekologik xarajatlarni boshqarish vahisobga olish amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi
atrof-muhit; ekologik xarajatlar; javobgarlik; umumiy xarajatlar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekologik xarajatlar; IAS/IFRS
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.