Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 12-son (2025)
KIBERXAVFSIZLIKNI MOLIYAVIY TIZIMLAR BARQARORLIGIDAGI O‘RNI
Raxmatxo‘jayev, Rashidxon
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda kiberxavfsizlikning moliyaviy tizimlar barqarorligini ta’minlashdagi strategik o‘rni ilmiyjihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliya institutlarining raqamli infratuzilmalarga kengintegratsiyalashuvi ularning ishonchliligi va uzluksiz faoliyati kiberxavfsizlik choralarining samaradorligi bilan chambarchasbog‘liqdir. Kiberxavfsizlikni ta’minlash moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish, bozor ishonchini mustahkamlash hamdaiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil hisoblanadi. Xalqaro tajriba shuni tasdiqlaydiki, kriptografiya,sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyalari va zamonaviy monitoring tizimlaridan samarali foydalanish moliyaviyxavfsizlik darajasini sezilarli oshiradi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlikni nafaqat texnik, balki huquqiy, tashkiliy va ijtimoiyjihatlarni qamrab oluvchi kompleks tizim sifatida rivojlantirish zarur. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, kiberxavfsizlikni izchilmustahkamlash moliyaviy tizimlarning global barqarorligini ta’minlash va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga erishishningmuhim sharti hisoblanadi.
kiberxavfsizlik, moliyaviy tizim, barqarorlik, raqamli infratuzilma, sun’iy intellekt, blokcheyn, xavfsizlik choralari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.