Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild (2026)
“LOKOMOTIV” MEHMONXONASI ZAMONAVIY SHAROITLARDA XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Masharipov, O‘rolbek, Khodjaeva, Nodiraxon
Annotatsiya
Zamonaviy turizm bozorida mehmonxona xizmatlarining sifati va innovatsion boshqaruv usullarini joriyetish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Toshkent shahrida joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasi (3 yulduzli, 2014-yilrekonstruksiyadan soʻng faoliyatini davom ettirmoqda) tranzit va biznes sayyohlar uchun qulay infratuzilma hamda transporttugunlariga yaqin joylashuvi bilan ajralib turadi. Mehmonxona faoliyati Oʻz DSt 3296:2023 va Oʻz DSt 3220:2023 milliystandartlari talablariga mos ravishda tashkil etilgan. Mazkur tadqiqotda mehmonxona xizmatlari sifatini oshirishda raqamliinnovatsiyalarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Jumladan, QR-kod texnologiyalari, biometrik identifikatsiya, mobilkalitlar, Big Data asosida shaxsiy xizmatlar hamda VR-turlar kabi zamonaviy texnologiyalar mehmonxona xizmatlariningsamaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yilda 12 mln xorijiysayyohni jalb etish maqsadlari doirasida Hilton, Marriott va Accor kabi xalqaro mehmonxona tarmoqlari tajribasi hamtahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mehmonxonalarni ekologik mas’uliyatli, innovatsion va texnologik jihatdan rivojlantirishstrategiyasini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Lokomotiv mehmonxonasi, 3-yulduzli mehmonxona, tranzit sayyohlar, raqamli transformatsiya, mehmonxona xizmatlari, innovatsion texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.