Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 3 (2026)
KORXONADA RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
Salimova, Husniya
Аннотатсия
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi korxonalar faoliyatida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni yuzagakeltirmoqda. Mazkur maqolada korxona darajasida raqamli iqtisodiyotni joriy etishning ko‘p qirrali iqtisodiy ahamiyatinazariy va empirik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot uch asosiy nazariy poydevorga tayanadi: Barney (1991)tomonidan ishlab chiqilgan resursga asoslangan ko‘rinish (Resource-Based View, RBV) nazariyasi raqamli aktivlarningqiymatlilik, noyoblik, taqlid qilib bo‘lmaslik va o‘rnini bosib bo‘lmaslik (VRIN) mezonlariga muvofiqligini asoslaydi. Teece,Pisano va Shuen (1997) tomonidan ishlab chiqilgan dinamik qobiliyatlar modeli esa korxonalarning o‘zgaruvchantexnologik muhitga moslashish va raqobat ustunligini saqlab qolish mexanizmlarini izohlaydi. Porter (1985) qiymat zanjirimodeli esa raqamli texnologiyalar yordamida qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatlarini ochib beradi.Empirik tahlil O‘zbektelekom AJ misolida amalga oshirilib, raqamli transformatsiyaning moliyaviy (EBITDA, daromado‘sishi), operatsion (mehnat unumdorligi, avtomatlashtirish darajasi) va strategik (raqamli yetuklik indeksi, bozor ulushi)ko‘rsatkichlarga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, infratuzilma investitsiyalari va EBITDA o‘rtasida yuqoridarajadagi ijobiy korrelyatsiya (r = 0.99) mavjudligi aniqlandi. TM Forum DMM v5.0 standarti asosida kompaniyaning3.18/5.0 balllik raqamli yetuklik darajasi Markaziy Osiyo mintaqasida yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekanligi qayd etildi.Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiyani korxona rivojlanishining muhim strategik omili sifatida ko‘rib chiqish zarurliginiasoslaydi hamda uning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi
resursga asoslangan ko‘rinish (RBV), dinamik qobiliyatlar, raqamli transformatsiya, EBITDA samaradorligi, Porter qiymat zanjiri, TM Forum DMM, VRIN mezonlari, O‘zbektelekom AJ
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.