Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 3-son (2026)
GLOBALLASHUV SHAROITIDA INTELLEKTUAL TA’MINOT ZANJIRI TEXNOLOGIYALARINING XALQARO TADBIRKORLIKDAGI O‘RNI
Xudayberdiyev, Otabek
Annotatsiya
Globallashuv sharoitida xalqaro savdo munosabatlarining jadal rivojlanishi tadbirkorlik subyektlaridanta’minot zanjirlarini boshqarishda sifat jihatidan yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Ushbu maqolada globallashuvsharoitida tadbirkorlik faoliyatida xalqaro savdo munosabatlarini rivojlantirishning strategik omili sifatida intellektualtexnologiyalarning xalqaro ta’minot zanjirlaridagi barqaror raqobatbardoshlikka ta’siri o‘rganilgan.Maqolada mijozga yo‘naltirilganlik, raqamli logistika, axborot oqimlarini integratsiyalash, boshqaruv innovatsiyalari,inson kapitalini rivojlantirish, texnologik konvergensiya hamda xalqaro hisob-kitoblarda raqamli valyutaning istiqbollio‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, intellektual texnologiyalarni ta’minot zanjirlarining beshtaasosiy jarayoniga — rejalashtirish, xarid qilish, ishlab chiqarish, taqsimlash va qaytarish — integratsiyalash globallashuvsharoitida tadbirkorlik subyektlarining xalqaro savdo munosabatlarini kengaytirish va barqaror raqobat mavqeinimustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi
globallashuv, xalqaro savdo munosabatlari, tadbirkorlik, ta’minot zanjirlarini boshqarish, intellektual texnologiyalar, barqaror raqobatbardoshlik, raqamli logistika, axborot oqimlarini integratsiyalash, texnologik konvergensiya, yopiq tsikl iqtisodiyoti, raqamli valyuta, inson kapitali, to‘qimachilik sanoati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.