Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026)
MOLIYAVIY AKTIVLAR TARKIBIDAGI DEBITORLIK QARZDORLIKLARINI MHXS TALABLARI ASOSIDA BAHOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Umurzakov, Dilshodbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada hududiy elektr energiyasi ta’minoti korxonalarida debitorlik qarzdorligini boshqarishningkonseptual jihatlari MHXS 9-standarti talablari doirasida qayta talqin qilingan. Tadqiqotning o‘ziga xosligi shundaki, undadebitorlik qarzdorligi shunchaki buxgalteriya subyekti emas, balki korxonaning strategik likvidligini belgilovchi dinamikmoliyaviy aktiv sifatida tahlil etiladi. Muallif milliy hisob tizimidagi “yuzaga kelgan zarar” modelining samarasizliginiasoslab, uning o‘rniga “kutilayotgan kredit zararlari” (ECL) modelini elektr ta’minoti sohasining regional xususiyatlaridankelib chiqib tatbiq etish zarurligini ilgari suradi.Ilmiy izlanish davomida iste’molchilarni ijtimoiy va iqtisodiy guruhlarga segmentlash asosida shakllantirilgan “zaxiralarmatritsasi” metodikasi taklif etilgan. Shuningdek, maqolada elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishningavtomatlashtirilgan tizimi ma’lumotlari hamda MHXS algoritmlarini sinxronlashtirish orqali qarzdorlikni raqamli monitoringqilishning mualliflik modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot xulosalari korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashdaklassik baholash usullaridan prognozlashtirishga asoslangan strategik hisob tizimiga o‘tish zarurligini asoslaydi
MHXS 9, mualliflik modeli, debitorlik qarzdorligi, ECL modeli, strategik hisob, likvidlik tavakkalchiligi, zaxiralar matritsasi, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, segmentlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.