Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 12-son (2025)
MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING DIVERSIFIKATSIYASI VA RAQOBATBARDOSHLIGI TUSHUNCHALARINING MAZMUN-MOHIYATI
Marksov, Abror
Annotatsiya
Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyotning diversifikatsiyasi va raqobatbardoshligi tushunchalarining nazariyhamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda diversifikatsiyaning mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, iqtisodiyxavf-xatarlarni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsion faollikni oshirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek,mintaqaviy raqobatbardoshlikning asosiy determinantlari, jumladan, makroiqtisodiy muhit, institutsional sharoitlar, insonkapitali, klasterlar va innovatsiyalar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari diversifikatsiya va raqobatbardoshlik o‘rtasida o‘zarobog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Xususan, strategik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirilgan diversifikatsiya mintaqalarning uzoqmuddatli raqobatbardoshligini mustahkamlashi, yuqori raqobatbardoshlik esa yangi iqtisodiy yo‘nalishlarni rivojlantirishimkoniyatini kengaytirishi asoslab berilgan. O‘zbekiston mintaqalari uchun “bog‘liq diversifikatsiya” modeli eng istiqbolliyondashuv sifatida baholangan.
mintaqaviy iqtisodiyot, diversifikatsiya, raqobatbardoshlik, hududiy rivojlanish, klasterlar, iqtisodiy murakkablik, eksport diversifikatsiyasi, innovatsiyalar, inson kapitali, O‘zbekiston.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.