Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 20-son (2026) · 42-44-betlar
DIALOGIK DISKURSDA KONTEKSTUAL ANTONIMIYA VA ANTONIMIK TARJIMANING PRAGMATIK JIHATLARI (O‘ZBEK VA FRANSUZ TILLARI MISOLIDA)
Saydjanova, Komila
Annotatsiya
Ushbu tezisda dialogik diskursda kontekstual antonimiya, enantiosemiya va antonimik tarjima hodisalari o‘zbek va fransuz tillari materiali asosida pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Til tizimida zid bo‘lmagan birliklarning muloqot kontekstida qarama-qarshi ma’no kasb etishi, bir leksemaning zid ma’nolarni ifodalashi hamda tarjimada zidlik munosabatining o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi.
kontekstual antonimiya, enantiosemiya, antonimik tarjima, dialogik diskurs, pragmatika, o‘zbek tili, fransuz tili.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.