Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 6-17-betlar
GERMANIYA VA XITOY TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONNING YASHIL EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
To‘xliyeva, Gulrux, Djurayeva, Rano
Annotatsiya
Ushbu maqolada Germaniya va Xitoyning yashil iqtisodiyotni rivojlantirish tajribasi qiyosiyhamda ekonometrik tahlil asosida o‘rganilib, undan O‘zbekistonning yashil eksport salohiyatini oshirish bo‘yichaamaliy yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. 25 ta mamlakatni qamrab olgan panel regressiya tahlili (sobit effektlar modeli,R² = 0,74) qayta tiklanuvchi energiya ulushi, energiya samaradorligi hamda CO₂ intensivligining pasayishi eksportraqobatbardoshligiga statistik jihatdan ahamiyatli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Shuningdek, O‘zbekistoneksporti tarkibi hamda Yevropa Ittifoqining Chegaraviy uglerod sozlash mexanizmi (CBAM) bilan bog‘liq xatarlarbaholanib, CBAM qamrovidagi tarmoqlar uchun prognoz moliyaviy xarajatlar hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalariasosida mamlakat uchun to‘rtta strategik yo‘nalish taklif etildi: ishlab chiqarishni dekarbonizatsiya qilish, uglerodhisobi va monitoringi (MRV) tizimini joriy etish, aralash yashil moliyalashtirish arxitekturasini shakllantirish hamdatabiiy ustunliklarga asoslangan texnologik ixtisoslashuvni rivojlantirish
yashil iqtisodiyot, yashil eksport, dekarbonizatsiya, qayta tiklanuvchi energiya, CBAM, eksport raqobatbardoshligi, Energiewende, panel regressiya, O‘zbekiston
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.