Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 8-son (2026) · 304-307-betlar
URBANIZATSIYA SHAROITIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI
Shodmonov, Nurjaxon, Bermirzayev, G‘ulomjon
Annotatsiya
Urbanizatsiyaning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tanqidiy tahlil qilinib, tezsur’atlarda kechayotgan shahar o‘sishi va uning ekologik oqibatlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikyoritilgan. Shahar ekologiyasi, barqaror rivojlanish va ijtimoiy-ekologik tizimlar nazariyalari asosida shaharhududlarining kengayishi ekologik muvozanatga ko‘p qirrali ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Urbanizatsiyaningijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi muhim ahamiyati bilan bir qatorda, uning atrof-muhitga salbiy ta’sirlari, jumladan,issiqxona gazlari chiqindilarining ortishi, shahar issiqlik oroli effektining kuchayishi, yashil hududlarning qisqarishiva biologik xilma-xillikning kamayishi tahlil qilingan. Shuningdek, shahar hududlarida ekologik barqarorliknita’minlashda samarali me’yoriy-huquqiy mexanizmlar, innovatsion texnologiyalar va jamoatchilik ishtirokiningahamiyati asoslangan. Barqaror shaharsozlik tamoyillarini qo‘llash ijtimoiy adolat, iqtisodiy barqarorlik vaekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Turli ilmiy yondashuvlarning integratsiyasiurbanizatsiya va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni kompleks baholash imkonini beradi
urbanizatsiya, ekologik barqarorlik, shahar ekologiyasi, issiqxona gazlari chiqindilari, shahar issiqlik oroli, biologik xilma-xillik, shaharsozlik, barqaror rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.