Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 8-son (2026) · 121-127-betlar
KREATIV INDUSTRIYALARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Ulug‘bekov, Sardorbek
Annotatsiya
Ushbu maqolada kreativ industriyalarni rivojlantirishning aholi bandligini ta’minlash, yangi isho‘rinlarini yaratish hamda daromadlar manbalarini diversifikatsiya qilishdagi iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Kreativiqtisodiyotning zamonaviy mehnat bozori bilan o‘zaro aloqasi, intellektual kapital, innovatsion faoliyat, raqamlitexnologiyalar va tadbirkorlik tashabbuslarining bandlikka ta’siri yoritiladi. Shuningdek, dizayn, axborot texnologiyalari,reklama, media, madaniyat, san’at, hunarmandchilik, moda va boshqa kreativ faoliyat yo‘nalishlarining qo‘shimchaqiymat yaratish imkoniyatlari ochib beriladi. Tadqiqotda kreativ industriyalar rivojining aholi daromadlarini oshirishgata’sir etuvchi iqtisodiy omillari, mavjud institutsional va moliyaviy cheklovlar hamda ularni bartaraf etish yo‘nalishlariko‘rib chiqiladi. Kreativ tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, raqamliplatformalardan foydalanish, yoshlar va xotin-qizlarning kreativ faoliyatdagi ishtirokini rag‘batlantirish orqali barqarorbandlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Natijada kreativ industriyalarni iqtisodiy rivojlanishningistiqbolli yo‘nalishi sifatida qo‘llab-quvvatlash aholi daromadlarini oshirish, mehnat bozorining moslashuvchanliginikuchaytirish va hududlarning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishga xizmat qilishi asoslanadi.
kreativ industriya, kreativ iqtisodiyot, aholi bandligi, aholi daromadlari, kreativ tadbirkorlik, inson kapitali, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, mehnat bozori, qo‘shimcha qiymat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.