Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 8 (2026) · Саҳифаҳои 684-690
RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARI VA BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH: MOLIYAVIY INKLYUZIYA, YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH VA SOLIQ TUSHUMLARI (XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON UCHUN TAVSIYALAR)
Shonazarov, Ashurali
Аннотатсия
Mazkur tadqiqotda raqamli to‘lov tizimlari va biznesni raqamlashtirishning moliyaviy qamrovnikengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq tushumlarini oshirishga ta’siri rivojlanayotgan mamlakatlartajribasi misolida o‘rganilgan. Sifatli qiyosiy keys-tahlil (comparative case study) metodologiyasiga tayangan holda Braziliya(PIX), Hindiston (UPI), Keniya (M-Pesa) va Peru (BIM) tajribalari, shuningdek, BIS va IMFning empirik ma’lumotlariumumlashtirilgan. Tadqiqot natijalari Markaziy bank shafeligida faoliyat yurituvchi bepul va o‘zaro moslashuvchan(interoperabel) tezkor to‘lov platformalari moliyaviy qamrovni qisqa muddatda kengaytirish hamda naqd pulga bo‘lganehtiyojni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, biznesni raqamlashtirish va GovTechyechimlarining uyg‘unligi soliq intizomini yaxshilash (compliance channel) orqali soliq tushumlarining YAIMdagi ulushinioshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida soliq tushumlarining o‘sishida daromadlarnilegallashtirish jarayonlarining muhim o‘rin tutishi qayd etilgan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston iqtisodiyotida milliy to‘lovinfratuzilmasini rivojlantirish, raqamli to‘lovlardan foydalanishni kengaytirish va soliq intizomiga rioya qilish bilan bog‘liqxarajatlarni qisqartirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
raqamli to‘lov tizimlari, PIX, moliyaviy inklyuziya, yashirin iqtisodiyot, soliq intizomi, GovTech, to‘lov infratuzilmasi, O‘zbekiston iqtisodiyoti
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.