Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 9-son (2026) · 103-107-betlar
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI MONITORING QILISHNING INTEGRATSIYALASHGAN UZEMS MODELI
Bobobekov, Ergash
Annotatsiya
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalarida energiya samaradorliginimonitoring qilish va boshqarishning nazariy-uslubiy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Smart meter, ASKUE,IoT, BEMS, bulutli ma’lumotlar ombori va sun’iy intellektga asoslangan tahlil vositalarini yagona boshqaruvkonturiga birlashtiruvchi UzEMS (Uzbekistan Energy Monitoring System for Higher Education) modeli taklif etilgan.Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, texnologik benchmarking, ssenariyli iqtisodiy baholash hamda modellashtirishusullaridan foydalanilgan. O‘rta hajmdagi shartli universitet misolida 1,15 mlrd so‘mlik boshlang‘ich investitsiya,energiya sarfini 20 foiz kamaytirish sharti va qo‘shimcha tarmoq tejamkorligi asosida yillik iqtisodiy samara 1,25 mlrdso‘m, oddiy qoplash muddati esa qariyb 11 oy deb baholangan. Pessimistik, realistik va optimistik ssenariylar tizimsamaradorligining energiya tejamkorligi darajasiga sezgirligini ko‘rsatadi. UzEMS modeli monitoring ma’lumotlarinita’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali energetik samaradorlik bilan birga raqamli kompetentsiyalarni rivojlantirishimkonini ham beradi.
Energiya samaradorligi, monitoring tizimi, UzEMS, ASKUE, smart meter, IoT, BEMS, oliy ta’lim, raqamli iqtisodiyot, muqobil energiya, energiya menejmenti
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.