«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 4-son (2026)
FARGʻONA VODIYSIDA SOVET DAVRI SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI
Mansurov, Ulugʻbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada Fargʻona vodiysida sovet davri sogʻliqni saqlash tizimiga oid ilmiy tadqiqotlarning tarixshunoslik tahlili amalga oshirilgan. Sovet va mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy adabiyotlarning metodologik yondashuvlari, ilmiy qarashlari hamda tadqiqot yoʻnalishlari qiyosiy asosda baholangan. Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimi tarixini oʻrganishdagi mavjud ilmiy yondashuvlar, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinib, Fargʻona vodiysi misolida mazkur yoʻnalishdagi ilmiy boʻshliqlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari hududiy tarixshunoslikni boyitish hamda sogʻliqni saqlash tizimi tarixini zamonaviy metodologiyalar asosida oʻrganish istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi.
Fargʻona vodiysisovet davrisogʻliqni saqlash tizimitarixshunosliktibbiy xizmattibbiyot tarixiFergana ValleySoviet periodhealthcare systemhistoriography
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.