«FarDU­ ilmiy xabarlari» 7-jild 4-son (2026)

DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI

G‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, Atakhanov, Abdumutolib

Manbada oʻqish

Annotatsiya

Ushbu ishda dimetilsulfoksid (DMSO) interkalatsiyasining Ti₃C₂Tₓ MXene ning qatlamli tuzilishi va morfologik xususiyatlariga ta’siri o‘rganildi. Ti₃C₂Tₓ MXene Ti₃AlC₂ MAX fazasidan alyuminiy qatlamlarini 24% li HF eritmasida selektiv ajratib chiqarish orqali olindi va hosil bo‘lgan ko‘p qatlamli MXene DMSO bilan interkalatsiyalandi. Namunalarning strukturaviy va morfologik xususiyatlari rentgen difraksiyasi (XRD) hamda skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) usullari yordamida tadqiq qilindi. XRD natijalariga ko‘ra, dastlabki Ti₃C₂Tₓ namunasiga xos (002) bazal refleks 2θ ≈ 9.5° da kuzatilib, unga mos qatlamlararo d₀₀₂ masofa 9.30 Å ni tashkil etdi. DMSO bilan interkalatsiyadan so‘ng mazkur refleks 2θ ≈ 5.3° gacha past burchaklar tomon siljidi va d₀₀₂ qiymati 16.80 Å gacha ortdi. Natijada qatlamlararo masofa taxminan 7.50 Å ga, ya’ni qariyb 80% ga kengaydi. SEM tahlillari DMSO bilan ishlov berilgandan so‘ng MXene qatlamlarining nisbatan ochilganini, qatlamlararo bo‘shliqlar kengayganini va “accordion-like” morfologiyaning yaqqolroq namoyon bo‘lganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Ti–C asosidagi kristall karkasning saqlanib qolishi DMSO ta’siri asosan qatlamlararo tuzilishga yo‘naltirilganligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar DMSO interkalatsiyasi Ti₃C₂Tₓ qatlamlari orasidagi o‘zaro ta’sirlarni susaytirib, keyingi delaminatsiya, disperslash va polimer kompozit tizimlarga kiritish uchun qulayroq strukturaviy holat hosil qilishini ko‘rsatadi.

Ti₃C₂Tₓ MXeneDMSOinterkalatsiyaqatlamlararo masofadelaminatsiyaXRDSEMqatlamli morfologiya.Ti₃C₂Tₓ MXeneDMSO

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
G‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek & Atakhanov, Abdumutolib (2026). DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(4).
GOST R 7.0.5
G‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, Atakhanov, Abdumutolib DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 4.
BibTeX
@article{humoyunmirzo2026,
  author  = {G‘ulomjonov, Humoyunmirzo and Ashurov, Nurbek and Atakhanov, Abdumutolib},
  title   = {DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {4}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - G‘ulomjonov, Humoyunmirzo
AU  - Ashurov, Nurbek
AU  - Atakhanov, Abdumutolib
TI  - DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 4
ER  -