«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
FUNKSIONAL POLIMER MATERIALLAR ASOSIDA NANOKOMPOZITLAR OLISH VA ULARNING XOSSALARI
Abdujalilov, Ilkhomjon, Eshtursunov, Davron, Mukhamediev, Mukhtar, Bekchanov, Davronbek
Annotatsiya
Hozirgi kunda yuqori funksional xossalarga ega materiallar yaratish materialshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Polimer materiallarga metall oksidi nanozarrachalarini kiritish orqali yangi avlod funksional nanokompozit materiallar olish mumkin. Ushbu maqolada funksional polimer nanokompozitlarni sintez qilish usullari, ularning strukturaviy va fizik-kimyoviy xossalari hamda qo‘llanilish sohalari tahlil qilindi. Metall oksidi nanozarrachalari, xususan ZnO va ZnS asosidagi nanokompozitlarda polimerlarning mexanik, termik, optik va katalitik xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilanishi aniqlangan. Shuningdek, nanokompozit materiallar suvni tozalash, fotokataliz, sensor texnologiyalari, energetika va biotibbiyot sohalarida keng qo‘llanilishi ko‘rib chiqildi.
funksional polimerlarnanokompozit materiallarZnOZnSnanozarrachalarfotokatalizantibakteriallik.functional polymersnanocomposite materialsZnO
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.