«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
Poliakrilonitril nanotolalarini kimyoviy modifikatsiyalash asosida sorbentlar sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalari
Jurayeva, Fayyoza, Xaydarova, Saodat, Gafurova, Dilfuza
Annotatsiya
Ushbu maqolada poliakrilonitril (PAN) asosidagi nanotolali materiallarni kimyoviy funksionallashtirish orqali yuqori sorbsion faollikka ega adsorbentlar yaratish sohasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar umumlashtirilgan. Elektrospinning texnologiyasi yordamida hosil qilingan PAN nanotolalarining turli funksional guruhlar bilan modifikatsiyalanishi, jumladan amidoksim, amin va boshqa faol markazlarning kiritilishi, shuningdek, metall oksidlari, grafen hosilalari, o‘tkazuvchan polimerlar hamda metall-organik karkas tuzilmalar bilan kompozitsion materiallar shakllantirilishi natijasida ularning sorbsion ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ortishi tahlil qilingan. Modifikatsiyalangan nanotolali sorbentlarning suvli muhitdan og‘ir metall ionlari, organik bo‘yoqlar va boshqa ekologik xavfli ifloslantiruvchilarni ajratib olishdagi samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotlar natijalari PAN asosidagi nanotolali sorbentlarning suvni tozalash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan zamonaviy sorbsiya texnologiyalarida istiqbolli materiallar sifatida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
poliakrilonitrilnanotolali materiallarelektrospinningkimyoviy modifikatsiyasorbsiyapolyacrylonitrilenanofibrous materialselectrospinningchemical modificationsorption
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.