«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
GEOLOGIK TAFAKKUR TUSHUNCHASI, UNING TARKIBIY KOMPONENTLARI VA O‘QUVCHILARDA RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Axmadaliyev, Yusupjon, Mamatisakov, Jakhongir
Annotatsiya
Ushbu maqolada geologik tafakkur tushunchasining ilmiy mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda o‘quvchilarda rivojlantirishning didaktik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi geografiya ta’limining geologik komponenti o‘ziga xos tafakkur tarzini — fazoviy, multimasshtabli, tizimli va retrospektiv fikrlashni — talab etishi bilan bog‘liqdir. Maqolada geologik tafakkur tushunchasining ilmiy genezisi, uning fazoviy tafakkur va “deep time” konsepsiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi, yettita asosiy tarkibiy komponenti hamda ularning didaktik ifodasi yoritiladi. Geologik tafakkurni rivojlantirishning asosiy didaktik modellari qiyosiy tahlil qilinadi va uning psixologik asoslari — kognitiv yuk, mental rotatsiya, noto‘g‘ri tasavvurlar muammosi — ko‘rib chiqiladi. Xorijiy empirik tadqiqotlar tahlili asosida immersiv texnologiyalarning geologik tafakkur komponentlarini rivojlantirishdagi yuqori samaradorligi umumlashtiriladi. Natijada bo‘lajak geografiya o‘qituvchisining geologik tafakkurni rivojlantirish kompetentligi tushunchasi asoslanadi va asosiy tadqiqot bo‘shliqlari aniqlanadi.
geologik tafakkurfazoviy tafakkurvaqt tafakkuritizimli tafakkurgeologik vaqt o‘lchovi“deep time” konsepsiyasisabab-natija tahliligeologik xulosalashmultimasshtablilikimmersiv ta’lim
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.