«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
TARIQATLARDA OILA VA TARBIYA KONSEPSIYASINING FALSAFIY TAHLILI
Doniyor, Gʻafurov
Annotatsiya
Maqolada IX-XII asrlarda shakllangan boshlang‘ich tasavvufiy tariqatlar - Junaydiya, Xakimiya, Nuriya, Muxosibiya, Malomatiya, Sahliya - ta’limotidagi oila instituti, nikoh munosabatlari va farzand tarbiyasi konsepsiyalarining nazariy-falsafiy talqini amalga oshirilgan. Tadqiqotda Junayd Bag‘dodiy, Xakim Termiziy, Hamdun Kassor, Saxl ibn Abdulloh Tustariy, Xoris al-Muxosibiy, Hujviriy kabi mutasavviflarning oilashunoslik qarashlari komparativistik metod asosida tahlil qilingan. Ingliz sharqshunosi J.Trimingemning tariqatlar evolyutsiyasi to‘g‘risidagi uch bosqichli klassifikatsiyasi gnoseologik nuqtayi nazardan baholanib, klassik so‘fiylik amaliyoti (muroqaba, muxosaba, mujohada, riyozat) ning zamonaviy oilaviy psixologiya bilan korrelyatsion bog‘lanishlari ochib berilgan. Globallashuv va raqamli mediatizatsiya sharoitida ushbu meros aktualizatsiyasining metodologik istiqbollari asoslab berilgan.
boshlang‘ich tasavvufiy tariqatlarJunaydiyaXakimiyaMuxosibiyaMalomatiyaSahliyaoilashunoslik konsepsiyasimuroqabamujohadanafs tarbiyasi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.