«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
CINARA PINI (LINNAEUS, 1758) BILAN CHUMOLILAR OʻRTASIDAGI TROFOBIOZ MUNOSABAT
Zokirova, Gulnora, Rahmatjonova, Mubina, Meliqoʻziyeva, Mahliyoxon
Annotatsiya
Maqolada qarag‘ay shira Cinara pini (Linnaeus, 1758) (Hemiptera: Aphididae) bilan chumolilar (Hymenoptera: Formicidae) oʻrtasidagi trofobioz munosabati ilmiy adabiyot asosida tahlil qilingan. Munosabat toʻrt darajada — morfologik (qisqa kauda, trofobiotik organ, yupqa mum qoplami), fiziologik-biokimyoviy (melezitozaga boy moʻl asalshudring), xulq-atvor (asalshudringni taqdim etish hamda chumolining himoya va gigiyena xizmati) va ekologik (fakultativ–yuqori trofobioz, oʻrmon energiya oqimidagi rol) — koʻrib chiqilgan. C. pinining asosiy hamkorlari Formica (oʻrmon chumolilari) va Lasius avlodlari ekani aniqlangan munosabatning daraxt oʻsishi, qora qurum (sooty mold) rivoji va tabiiy kushandalarga taʼsiri yoritilgan. Munosabat bir tomonlama emas — u shira uchun fiziologik foyda ham keltiradi va sharoitga qarab oʻzgaradi. Markaziy Osiyo, xususan Fargʻona vodiysi qarag‘ayzorlarida bu aloqani bevosita dala kuzatuvi va asalshudring tahlili orqali oʻrganish istiqbolli yoʻnalish sifatida koʻrsatilgan.
Cinara pinitrofobiozmutualizmchumolilarasalshudringmelezitozaFormicaqarag‘ay shira bitiFargʻona vodiysi.Cinara pini
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.