«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
XORAZM VILOYATI SUG'ORILADIGAN YERLARINING SHO'RLANISH DINAMIKASI, ULARNING HOZIRGI EKOLOGIK HOLATI VA FITOMELIORATIV USULLAR YORDAMIDA YAXSHILASH YO'LLARI
Bekimmatov, Rahmatjon, Bekimmatov, Rahmatjon, Abdullayev, Aminbay
Annotatsiya
Tadqiqotning maqsadi Orol dengizi havzasida joylashgan Xorazm viloyatidagi sug'oriladigan tuproqlarning sho'rlanish dinamikasini, hududning murakkab ekologik holatini tahlil qilish hamda degradatsiyaga uchragan qishloq xo'jaligi yerlarini zamonaviy fitomeliorativ usullar yordamida qayta tiklashning ilmiy-amaliy jihatlarini yoritishdan iborat. Mintaqadagi qurg'oqchil iqlim, tekis relyef va insonning aralashuvi oqibatida yuzaga kelgan ikkilamchi sho'rlanish muammosi global ekologik xavf darajasiga ko'tarilgan bo'lib, hozirda viloyatdagi sug'oriladigan yerlarning deyarli yuz foizi turli darajada sho'rlanganligi aniqlangan. Ushbu maqolada Landsat 8 sun'iy yo'ldoshi ma'lumotlari hamda sho’rlanish indeksi kabi masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan fazoviy monitoring usullari keng yoritilgan. Shuningdek, tuproqning gidravlik, fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda Turong’il, jiyda, qayrag'och hamda mahalliy galofit o'simliklarning bio-drenaj imkoniyatlari tekshirilgan. Olingan ilmiy natijalar va tahlillar shuni ko'rsatadiki, hududda fitomelioratsiya tadbirlarini muntazam ravishda qo'llash tuproqning suv o'tkazuvchanligini oshirib, organik uglerod zaxiralarini ko'paytirish bilan bir qatorda, mahalliy aholini barqaror iqtisodiy resurslar bilan ta'minlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Tuproq sho'rlanishifitomelioratsiyagolofit o‘simliklarsug‘oriladigan yerlarmasofadan zondlashsho'rxok tuproqlarbarqaror qishloq xo'jaligibiologik drenaj.Soil salinizationphytomelioration
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.