«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
FIZIKA FANIDA STEAM LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY-METODIK MEZONLARI
Dehqonova, Oxista
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining fizika ta’limi jarayonida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini joriy etishning ilmiy-metodik asoslari va didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda konstruktivizm nazariyasi va kompetensiyaviy yondashuvga tayangan holda, o‘quvchilarning ilmiy-tadqiqotchilik, muhandislik va texnologik tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan metodik tizim taklif etiladi. Maqolada 7–sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan mavzuga yo‘naltirilgan amaliy mini-loyihalar (“Harakatni o‘lchaymiz”, “Termos modeli”) misolida fanlararo integratsiyani amalga oshirish mexanizmlari yoritib berilgan. Mazkur yondashuv fizika fanining fundamental qonuniyatlarini real hayotiy muammolar yechimi bilan bog‘lash hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy asoslangan.
STEAM ta’limifizika o‘qitish metodikasiloyiha asosli ta’limfanlararo integratsiyakompetensiyaviy yondashuvkonstruktivizmamaliy mini-loyihalarmuhandislik tafakkuriraqamli modellashtirish.STEAM education
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.