«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA ROBOTOTEXNIKANI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Hamroboyeva, Maftuna, Otajonov, Salim, Mamajonova, Surayyoxon
Annotatsiya
Ushbu maqolada texnologiya fani darslarida robototexnikani rivojlantirish omillari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida robototexnika o‘quvchilarning texnik tafakkuri, ijodiy yondashuvi va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida qaralmoqda. Maqolada robototexnika ta’limini samarali tashkil etishga ta’sir etuvchi asosiy omillar — moddiy-texnik baza, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi, o‘quv dasturlarining mazmuni, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda raqamli ta’lim resurslarining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maktablarda robototexnika to‘garaklarini tashkil etish, STEM yondashuvi asosida o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha asosida ta’lim berish usullarining samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xalqaro tajribalar, ilmiy manbalar va amaliy kuzatuvlar asosida robototexnikani rivojlantirish istiqbollari haqida xulosalar berilgan.
Robototexnikatexnologiya faniSTEM ta’limiinnovatsion ta’limraqamli texnologiyalaro‘quv jarayonipedagogik kompetensiyaamaliy ta’limmuhandislik tafakkurialgoritmik fikrlash
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.