«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
BUXORO VOHASI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARIDA KUZGI BUG’DOYNING XORIJIY VA MAHALLIY NAVLARINING HOSILDORLIGI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Axmedov, Muxamad, Sharipov, Odiljon, Raxmatova, Navbahor
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buxoro vohasining turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarida istiqbolli kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining fenologik rivojlanishi, hosildorligi, don sifati va stress omillariga chidamliligi baholandi. Tadqiqotlar 2024–2025 yillarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba dalasida olib borildi. Xorijiy (Gurt, Grom, Yelanchik, Alekseyeich, Flesh) hamda mahalliy (Nodir, Qadr, Ultra) navlarida bir xil agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.Navlarning o‘simlik bo‘yi va yotib qolish, to‘kilish, qurg‘oqchilik va sovuqqa chidamlilik 5 ballik tizimda aniqlanib, hosildorlik ko’rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, barcha navlarda yotib qolishga chidamlilik 5 ball bo‘lib, Alekseyeich va Grom navlari 85–87 s/ga hosil va 810–825 g/l natura ko‘rsatkichlari bilan yetakchi bo‘ldi. Flesh navi kleykovina (32%) bo‘yicha ajralib don sifati ko‘rsatkichlari seleksiya va urug‘chilik ishlarida qiymatli manba sifatida baholandi. Xulosa sifatida, Buxoro viloyatining sug’oriladigan kam va o‘rta sho‘rlangan maydonlarida Alekseyeich hamda Grom navlarini ekish, suv tejamkor sug‘orish usullarini qo‘llash va kasalliklarga qarshi integratsiyalashgan himoyani kuchaytirish tavsiya etildi.
Vohasug‘oriladigan tuproqlarsho‘rlanishgumusmineralIDKnaturakleykovinaqurg‘oqchilfenologiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.