«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
ABBOSIYLAR DAVRIDA BUXORO SHAHRINING DINIY-ILMIY MARKAZ SIFATIDA SHAKLLANISHI (VIII–IX ASRLAR)
Umarov, Baxtishod
Annotatsiya
Ushbu maqolada Abbosiylar xalifaligi davrida Buxoro shahrining diniy-ilmiy markaz sifatida shakllanish jarayoni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda VIII–IX asrlarda Buxoroda islom ilmlarining rivojlanish omillari, mahalliy va tashqi ilmiy an’analar o‘zaro ta’siri hamda yirik ulamolar faoliyatining shahar ilmiy muhitiga ko‘rsatgan ta’siri yoritilgan. Xususan, Muhammad ibn Fadl ibn Atiyya, Abu Hafs al-Kabir Buxoriy, Iso ibn Muso al-G‘unjor kabi olimlarning ilmiy merosi va ularning Buxoro ilmiy maktablari shakllanishidagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, hadis ilmi, hanafiy fiqh maktabi va diniy-ma’rifiy institutlarning rivojlanishi jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Buxoroning Abbosiylar davrida Movarounnahr hududidagi yetakchi diniy-ilmiy markazlardan biriga aylanganini ko‘rsatadi. Mazkur jarayon keyinchalik Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi nufuzini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.
Abbosiylar davriBuxoro shahriislom ilmlarihadis ilmihanafiylik mazhabiMovarounnahrdiniy-ilmiy markazAbbasid periodcity of BukharaIslamic sciences
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.