«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 2-son (2026)
ANKLAV HUDUDLARDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI (SOʻX TUMANI MISOLIDA)
Maxmudov, MuhammadSodiq
Annotatsiya
Ushbu maqolada Soʻx anklavida ziyorat turizmining muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan hamda Hazrati Ali, Hoji Orif, Rovon va Qulfi Zanjirkusho kabi asosiy qadamjolarning turizm imkoniyatlari baholangan. Zero, Soʻx noyob etnomadaniy va ekoturizmni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega. Tahlillarga koʻra, Soʻxda turizmni dasturli tashkil etilsa, 2030-yilgacha tashrif buyuruvchilar oqimi 40–60% ga oshadi. Bu esa mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Shu jihatdan, turizm obyektlarining holatini oʻrganish, salohiyatini baholash va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, xaritasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
anklaveksklavziyorat turizmiekoturizmgeografik izolyatsiya.enclaveexclavepilgrimage tourismecotourismgeographic isolation.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.