«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 2-son (2026)
FAOLIYAT TUSHUNCHASINING FALSAFIY ASOSLARI VA BILUV FAOLIYATINING NAZARIY TALQINI
Eshtemirov, Akhror
Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi faoliyat tushunchasining falsafiy mohiyatini hamda uning insonning biluv faoliyati va ta’lim jarayonidagi nazariy ahamiyatini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda faoliyat kategoriyasining shakllanishi va rivojlanishi Immanuil Kant, Georg Vilgelm Fridrix Gegel, Lyudvig Feyerbax va Karl Marks kabi mutafakkirlarning falsafiy qarashlari asosida o‘rganildi. Tadqiqot metodlari sifatida falsafiy-tahliliy yondashuv, tarixiy va qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv hamda ilmiy manbalarni umumlashtirish usullaridan foydalanildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida faoliyat tushunchasi insonning bilish jarayoni, tafakkuri va ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlandi. Falsafiy ta’limotlarda faoliyat insonning dunyoni anglash, o‘zgartirish hamda yangi ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni shakllantirish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, faoliyat jarayonida inson nafaqat mavjud voqelikni biladi, balki o‘zining ijtimoiy munosabatlari va madaniy tajribasini ham yaratadi. Tadqiqot natijalari faoliyat tushunchasi insonning biluv faoliyatini tushuntirishda muhim metodologik asoslardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, faoliyat insonning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, tafakkuri hamda ta’lim jarayonini tushunishda muhim nazariy ahamiyatga ega.
faoliyatbiluv faoliyatitafakkursubyektdialektikafalsafata’limmadaniyat.activitycognitive activity
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.