«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 2-son (2026)
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA VOLEYBOL VOSITASIDA LIDERLIK VA JAMOAVIY QAROR QABUL QILISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Xakimov, Qobiljon
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida voleybol vositasida talabalarning liderlik hamda jamoaviy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqot kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilib, pedagogik tajriba-sinov ishlari orqali ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi aniqlangan. Mashg‘ulotlarda rolli taqsimot, muammoli vaziyatlarni modellashtirish va refleksiya bosqichi joriy etilgan. Natijalar tajriba guruhi talabalari ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli oshganligini (p < 0,05) ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, voleybol mashg‘ulotlarini maqsadli pedagogik shartlar asosida tashkil etish talabalarda liderlik va jamoaviy qaror qabul qilish kompetensiyalarini samarali shakllantiradi.
voleybolliderlikjamoaviy qaror qabul qilishkompetensiyaviy yondashuvjismoniy tarbiyapedagogik tajribarolli taqsimotrefleksiya.volleyballleadership
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.