«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 2-son (2026)
NOFILOLOGIK TA’LIM KONTEKSTIDA LEKSIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH: YANGICHA YONDASHUV
Kurbanova, Husniya
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda metodik jihatlari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi matematika ta’lim yo‘nalishi talabalari misolida kasbiy yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirishning samarali usullarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ehtiyojlar tahlili so‘rovnomasi, pedagogik kuzatuv, pre-test va post-test metodlaridan foydalanildi. So‘rovnoma orqali talabalar uchun kasbiy leksikaning ahamiyati va mavjud bilim darajasi o‘rganildi. Test natijalari talabalarning ingliz tilidagi kasbiy terminologiyani o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida autentik va moslashtirilgan matnlardan foydalanishga asoslangan mashqlar tizimi ishlab chiqildi hamda CLIL yondashuvi asosida o‘quv jarayoniga tatbiq etildi. O‘tkazilgan tajriba natijalari ushbu yondashuv talabalarning leksik zaxirasini kengaytirish, kasbiy matnlarni tushunish hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
ICLHEmatematikaintegrativ ta’limleksik kompetensiyaSTEMCLIL.ICLHEmathematicsintegrative educationlexical competence
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.