«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK FAOLIYATIDAGI SIYOSIY JARAYONLAR VA ULARNING HUQUQIY KAFOLOTLARI
Ismoilov, Ixtiyorjon, Dadaboyev, Farhodjon
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan siyosiy jarayonlar va huquqiy kafolatlar tahlil qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid tashabbuslari, qabul qilingan qonunchilik islohotlari va tadbirkorlar uchun huquqiy kafolatlar bu yo‘nalishda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qabul qilingan huquqiy normalar, xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar O‘zbekistonning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda samarali yondashuvlar taklif qiladi. Shu bilan birga, maqolada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu izlanishlar tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan va iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatiSiyosiy jarayonlarHuquqiy kafolatlarQonunchilikislohotlariXalqaro tajribaHuquqshunoslikIqtisodiy rivojlanishTadbirkorlar huquqlariTashqi siyosat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.