«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 4-son (2025)
GLOBAL IQLIM ILISHINI TUPROQ QURG’OQCHILIGIGA TA’SIRI (SHIMOLIY FARG’ONA TUPROQLARI MISOLIDA)
Qoriyev, Mirzoxid
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada Global iqlim ilishi sharoitida Shimoliy Farg’ona iqlimidagi o’zgarishlar aniqlangan. Buni aniqlashda Namangan meteorologiya stansiyasining o’rtacha yillik havo harorati hamda yillik yog’in miqdorlari bo’yicha so’nggi 34 yillik (1990-2023-yillar) kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanilgan. O’rtacha yillik havo harorati va yillik yog’in miqdorlari ma’lumotlari asosida xronologik grafiklar chizilib, shu grafiklar asosida haroratning yillar aro o’zgarish jadalligi (trendi) aniqlangan. Bundan tashqari, Shimoliy Farg’ona tuproqlarining tabiiy namligini iqlim o’zgarishi sharoitida o’zgarib borish jarayonini tadqiq etish maqsadida “Landsat-8” sun’iy yo’ldoshining 1990, 2005 hamda 2023-yillardagi tasvirlaridan foydalanib, ArgGis dasturida kartalar tayyorlangan hamda ulardagi o’zgarishlar tahlil qilindi.</p>
global iqlim ilishituproq namligituproq qurg’oqchiligitrend qiymatlarisuvtejamkor agrotexnologiyalar.global climate warmingsoil moisturesoil droughttrend valueswater-saving agricultural technologies.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.