«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 6-son (2025)
SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARDA ISHQORIY VA ISHQORIY-YER METALLARI GEOKIMYOSI
Qo‘chqorov, Bobirjon
Annotatsiya
<p>Maqolada Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar fermer xo‘jaliklarining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarida ishqoriy (Na, K, Rb, Cs) va ishqoriy-yer (Ca, Sr, Ba) metallari bo‘yicha geokimyoviy tahlil natijalari yoritildi. Tuproq kesmalari 0–20 sm dan 120–150 sm gacha bo‘lgan chuqurlikkacha qatlamlar bo‘yicha tanlab olindi va laboratoriya sharoitida elementlarning umumiy miqdori aniqlandi. Natijalar Ca ning mutlaq ustunligi, K va Na ning nisbatan barqaror fondi, Rb va Cs ning oz miqdorlari, Sr va Ba ning esa o‘rta darajadagi to‘planishi bilan xarakterlanishini ko‘rsatdi. Elementlarning vertikal taqsimoti kam differensiyalashgan bo‘lib, bu karbonatli ona jinslar, arid-kontinental iqlim va sug‘orish sharoitida cheklangan yuvilish jarayonlari bilan bog‘liq. Olingan natijalar Farg‘ona vodiysi sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari uchun ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining fond darajalarini aniqlash hamda ularning agroekologik bahosini berishda muhim ahamiyatga ega.</p>
och tusli bo‘z tuproqishqoriy metallarishqoriy-yer metallarCaNaKSrBaRbCs.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.