«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 6 (2025)
AQLLI KO‘CHAT EKISH MASHINASI – YASHIL KELAJAK UCHUN INNOVATSIYA
Dadajonov, Baxtiyorjon, Abdubannopov, Abdulatif
Аннотация
<p><em>Orol dengizi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik muammolar, jumladan cho‘llanish, tuproq unumdorligining pasayishi va bioxilma-xillikning qisqarishi hududning barqaror rivojlanishiga jiddiy tahdid solmoqda. An’anaviy qo‘lda amalga oshiriladigan ko‘chat ekish usullari katta vaqt va resurs talab qiladi, shu bilan birga qattiq iqlim sharoitida ekilgan ko‘chatlarning ko‘pchiligi ildiz otmaydi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida “SmartPlant – Aqlli ko‘chat ekish mashinasi” startap loyihasi ishlab chiqildi. Qurilma sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlarga asoslangan bo‘lib, tuproqning namligi, kimyoviy tarkibi va hududning iqlim sharoitlarini tahlil qilib, optimal joylarda ko‘chatlarni ekishni ta’minlaydi. Shuningdek, qurilma ekilgan ko‘chatlarning monitoringini olib boradi, ularning ildiz otishi va rivojlanishini kuzatib, samaradorlikni oshiradi. Mazkur innovatsion yondashuv ekologik muhitni tiklash, cho‘llanish jarayonini kamaytirish va yashil maydonlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Natijada, loyiha nafaqat Orolbo‘yi, balki butun Markaziy Osiyo ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.</em></p>
SmartPlantaqlli ko‘chat ekish mashinasiOrolbo‘yiekologiyacho‘llanishsun’iy intellekt.SmartPlantintelligent seedling planting machineAral Sea regionecology
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.