«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 6-son (2025)
TRICHODERMA ASPERELLUM ZAMBURG’INING IKKILAMCHI METABOLITLARI VA ULARNING BIOLOGIK AHAMIYATI
Nomozova, Mohigul, Kamolov, Luqmon, Nakhatov, Innat, Umirov, Nurbek, Ahmadova, Dilfuza
Annotatsiya
<p><em>Bionazorat agentlari va ularning ikkilamchi metabolitlaridan (SM) foydalanish bugungi kunda qo'llaniladigan potentsial yondashuvlardan biridir. Mikrozamburug’lar olamida Trichoderma spp. butun dunyo bo’ylab qo’llaniladigan eng bionazorat agentlaridan biri sanaladigan zamburug’ turkumi hisoblanadi. Trichodermaning juda ko’pgina turlari fitopatogen zamburug'larga qarshi, mikroblarga qarshi faollikka ega bo'lgan ikkilamchi metabolitlarni ishlab chiqaruvchi mashhur mikrozamburug’ sanaladi. Ushbu ikkilamchi metabolitlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar, birgalikda guruhlanganda, ulardan samarali foydalanish va o'simlik patogen zamburug'larini boshqarish uchun yangi bioaktiv birikmalarni qo’llanilish sohalarini yanada chuqquroq anglashga imkon yaratadi. Ushbu tadqiqot doirasida biz Trichoderma spp ga oid bir qancha metabolitlarni biologic aktivligiga oid adabiyotlar tahlilini hamda T. asperellumga oid ba’zi ikkilamchi metabolitlarni ajratib olishni va ularni faolliklarini bayon etdik. Trichoderma spp ning turli antifungal ikkilamchi metabolitlarini umumlashtiramiz va guruhlaymiz. fitopatogen zamburug'larga qarshi, ularning kimyosi va biosintezi bilan bog'liq ba'zi jihatlarni har tomonlama ko'rib chiqamiz. Metabolitlarni ajratib olishda ustunli xromatografiya usulidan foydalanib, aniqlashda yupqa qatlamli xromotagrafiya tekshiruvi amalga oshirilib, olingan moddalar GS-MS analizi orqali tekshiruv olib borildi. Natijada xloroform:methanol (5:1) sistemasining boshqa nisbatli shunday sistema yoki boshqa erituvchilar sistemasidan ajralib chiqqan metabolilardan farq qiladigan bir qancha moddalar ajralib chiqqanligini aniqlandi.</em></p>
antifungalantioksidantbiologik nazoratfitopatogen zamburug'larikkilamchi metabolitTrichoderma sspxromatografiya.antifungalantioxidantbiological control
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.