«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 3-son (2025)
SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING EKOLOGIK HOLATI
Turdaliyev, Avazbek
Annotatsiya
<p><em>Ushbu ilmiy maqolada sug‘oriladigan tuproqlarning ekologik holatini baholash, ularning tarkibidagi og‘ir metallar va metalloidlarning miqdoriy tarkibi, tarqalishi hamda xavflilik darajalari o‘rganilgan. Tadqiqotda asosan och tusli bo‘z tuproqlarda uchraydigan kobalt (Co), nikel (Ni), mishyak (As), surma (Sb) va rux (Zn) elementlarining umumiy miqdori aniqlanib, ular ruxsat etilgan chegaraviy ulush (RECHU) ko‘rsatkichlari bilan solishtirildi.</em></p> <p><em>Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mishyak elementining ekologik xavfi eng yuqori bo‘lib, uning miqdori RECHU darajasidan 7,55 baravar ortiq bo‘lgan. </em><em>Bu esa tuproq va unda yetishtiriladigan mahsulotlar salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini anglatadi. Nikel (1,85), rux (1,63), surma (1,13) va kobalt (1,06) esa nisbatan kuchsiz ifloslanish darajasida baholandi. Xavflilik darajasi As > Ni > Zn > Sb > Co ketma-ketligida aniqlangan.</em></p> <p><em>Tahlil natijalari Rossiya GOST 17.4.1.02-83 me’yoriy hujjatlari asosida baholandi hamda neytron-aktivatsion analiz usuli orqali aniqlandi. Tuproqlarning ekologik holatini yaxshilash va ifloslanishning oldini olish maqsadida agroekologik, agromeliorativ tadbirlarni joriy etish, monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslab berildi.</em></p> <p><em>Mazkur tadqiqot natijalari sug‘oriladigan tuproqlarda og‘ir metallar muammosining dolzarbligini ko‘rsatadi va ushbu yo‘nalishda ilmiy-amaliy choralarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.</em></p>
og‘ir metallar va metalloidlarmigratsiyaakkumulyatsiyaspektrekologik xavflilikoch tusli bo‘z tuproqheavy metals and metalloidsmigrationaccumulationspectrum
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.