«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 3-son (2025)
REPTILIYALAR - QUSHLARNING O‘LJASI SIFATIDA
Yorqulov, Javlon, Toshev, Po‘lot, Normurodov, Murod
Annotatsiya
<p><em>Aksariyat qushlarning ozuqa ratsionida reptiliyalar asosiy obyekt sifatida namoyon bo‘lmasada, qurg‘oqchil iqlim mintaqalaridagi cho‘l ekotizimlarda tarqalgan populyatsiyalarda ushbu sinf vakillari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonning cho‘l hududlarida yashovchi reptiliyalarning 13 turi turli ekologik guruhga kiruvchi 32 turdagi qushlar uchun o‘lja bo‘lishi haqida so‘z boradi. Yirtqich-o‘lja munosabatlarida suv ilon Natrix tessellata eng kam (3) turdagi, eng yuqori ko‘rsatkich – dasht agamasi Trapelus sanguinolentus (24) va tez kaltakesakcha Eremias velox (24) aksariyat qush turlari tomonidan ovlanishi aniqlandi. O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi Testudo horsfieldi, bo‘z echkemar Varanus griseus, qum bo‘g‘ma iloni Eryx miliaris, sharq bo‘g‘ma iloni Eryx tataricus va pallas chipor iloni Elaphe sauromates kamyob tur sifatida muhofazaga muhtojligini inobatga olib, ularning tabiiy kushandalari sifatida qushlar bilan trofik munosabatlarini chuqurroq tahlil qilish qurg‘oqchil mintaqalar ekotizimlarining dinamikasini va tabiiy muvozanatni saqlashning ahamiyatini to‘laroq tushunishga yordam beradi.</em></p>
: reptiliyaov obyektiqushtrofik strukturaarid zonaO‘zbekistonning cho‘l hududi.: reptiliyaov obyektiqushtrofik struktura
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.