«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 3-son (2025)
FARG‘ONA VODIYSINING TURLI LANDSHAFT HUDUDLARIDAGI LYMANTRIA DISPAR POPULYATSIYASINING MAVSUMIY DINAMIKASI
Masodiqova, Moxidabonu
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining turli landshaft sharoitlarida Lymantria dispar (tengsiz ipakchi) populyatsiyasining mavsumiy dinamikasi hamda iqlim omillarining zararkunanda soni va zarar yetkazish darajasiga ta’siri o‘rganilgan. 2022–2024-yillarda cho‘l, adir va tog‘ oldi hududlarida olib borilgan dala va laboratoriya kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, bahor faslining issiq va quruq kelishi lichinkalarning erta va ommaviy chiqishiga, populyatsiyaning tez ko‘payishiga olib kelishi aniqlandi. </em><em>Aksincha, nisbatan nam va salqin ob-havo lichinkalar o‘limining ortishi hamda populyatsiya sonining pasayishi bilan kechdi. 2023-yilda vodiyning tog‘ oldi o‘rmonli hududlarida zararkunandaning ayniqsa yuqori zichligi qayd etilib, mevali va o‘rmon daraxtlariga sezilarli darajada zarar yetkazganligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari L. dispar ning Farg‘ona vodiysi sharoitidagi mavsumiy rivojlanish sikllarini chuqurroq tushunish va zararkunandaga qarshi kurash strategiyalarini takomillashtirish uchun xizmat qiladi.</em></p>
Lymantria dispartengsiz ipakchipopulyatsiya dinamikasiiqlim omillariFarg‘ona vodiysizararkunanda.Lymantria dispartengsiz ipakchipopulyatsiya dinamikasiiqlim omillari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.