«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 5-son (2025)
INGLIZ TILI DIALEKTAL LEKSIKASINI O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI
Алиева, Навруза
Annotatsiya
<p><em>Ingliz tili jahon miqyosida keng qo‘llaniladigan til bo‘lishiga qaramay, uning tarkibida, ayniqsa, mahalliy dialektlar lug‘aviy qatlamida katta xilma-xillik mavjud. Ushbu maqolada ingliz tilidagi dialektal leksikani o‘rganishning ahamiyati leksikologik, sotsiolingvistik va madaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Dialekt so‘zlari ko‘pincha qadimiy ildizlar va ma’nolarni saqlab qoladi. Ularning qo‘llanilishi so‘zlovchining ijtimoiy o‘ziga xosligini va mintaqaviy madaniyatini aks ettiradi. Dialektal leksikani o‘rganish til tarixi va rivojlanishi haqidagi bilimlarni chuqurlashtiradi, jamiyatning tilga bo‘lgan munosabatini ochib beradi hamda ingliz tilining lingvistik va madaniy merosini saqlashga xizmat qiladi.</em></p>
ingliz tilidialektal leksikaleksikologiyasotsiolingvistikamadaniy merosdialektologiya.English languagedialect vocabularylexicologysociolinguistics
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.