«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 5-нөмір (2025)
G‘O‘ZA (G.HIRSUTUM L.) GHFHY3/FAR1 GENLAR OILASI VAKILLARINI TAVSIFLASH.
Usmanov, Dilshod, Buriev, Zabardast, Juraqulov, Durbekjon, Abdugʻafforov, Azamat, Azimov, Avazxon, Sobirov, Botirjon, Аbdukarimov, Sharofiddin
Аңдатпа
<p><em>Yorug‘lik o‘simliklarning o`sishi uchun muhim omillardan biri bo`lib, o‘simliklarda yorug‘likka javob reaksiyasi asosan fitoxrom, kriptoxrom va ultrabinafsha nurlar (UV-B) kabi uch turdagi fotoretseptor genlar tomonidan boshqariladi. Ushbu uch guruh fotoretseptorlar ichida fitoxromlar alohida o‘rin tutadi. Ushbu guruh vakillari yorug‘likning qizil va uzoq qizil nurdan ta’sirlanishi sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ko‘plab quyi oqim transkripsiya omillarini tartibga soladi va urug‘larning unib chiqishiga, poyaning uzayishiga, barglarning kengayishiga hamda gullash, erta pishish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Quyi oqim traskripsiya omillari transposazalardan kelib chiqqan FAR1-RELATED SEQUENCE1 (FAR1) va FAR-RED ELONGATED HYPOCOTYL3 (FHY3) (FHY3/FAR1) genlar oilasi hisoblanadi. FHY3/FAR1 genlar oilasi vakillari ko‘pgina ekin turlarida o‘rganilgan bo‘lib, ulardagi amino kislotalar ketma-ketliklari xususiyatlari ochib berilgan. Biz g‘o‘za (G.hirsutum L.) turi genomida mavjud FHY3/FAR1 genlar oilasi vakillari aminokislotlar ketma-ketliklarini tahlil qildik. Ularning individual xususiyatlari, jumladan, oqsil kodlovchi DNK ketma-ketligi (CDS), aminokislotalar ketma-ketliklari, hujayrada joylashuvi, fiziologik va biokimyoviy xossalari aniqlandi.</em></p>
G.hirsutumFARoqsilFHY3/FAR1PhyAgengenom.G. hirsutumFARprotein
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.