«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 1-son (2025)
KUMUSHRANG TOBONBALIQ CARASSIUS GIBELIO (BLOCH, 1782) DAGI BOSH DEFORMATSIYASINING BIRINCHI QAYDI
Sheraliyev, Baxtiyor, Gʻulomov, Sultonbek, Zokirov, Islomjon
Annotatsiya
<p><em>Bosh suyagi deformatsiyasi (pugheadedness) tabiiy va sunʼiy suv havzalarida yashovchi turli baliq oilalarida qayd etilgan boʻlsa-da, tabiiy populyatsiyalarda ushbu anomaliyaga ega baliq namunalari nisbatan kam uchraydi. Ushbu maqolada Fargʻona viloyati hududidagi zovur suvlaridan qayd etilgan kumushrang tobonbaliq Carassius gibelio (Bloch, 1782)ning bosh suyagi deformatsiyasi bilan bogʻliq yangi holat qaydi haqida soʻz boradi. Anomal namunaning morfometrik xususiyatlari normal individlar bilan taqqoslandi. Deformatsiyaga ega namunada yuqori jagʻ pastki jagʻga nisbatan qisqaroq boʻlib, boshning old qismi keskin pastga yoʻnalganligi va natijada tumshuq uzunligi sezilarli darajada qisqarganligi ko‘zga tashlanadi. Biroq, meristik belgilarda sezilarli farqlar kuzatilmadi. </em></p>
karpsimonlarkumushrang tobonbaliqmorfologik anomaliyalarbosh deformatsiyasiFargʻona vodiysicyprinidsPrussian carpmorphological abnormalitiespugheadnessFergana Valley
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.