«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 1-son (2025)
TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA GISTOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI
Teshajonova, Mahliyo, Zokirova, Gulnora
Annotatsiya
<p><em>Zamonaviy tibbiyotda gistologiya fanini samarali o‘qitish tibbiy mutaxassislarning puxta tayyorlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola tibbiyot oliygohlarida gistologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ularning ta'lim sifatiga ta'sirini tahlil qiladi. An’anaviy ta’lim usullari, jumladan, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, mikroskop bilan ishlash kabi amaliyotlar gistologiyaning asosiy qismlarini o‘rgatishda samarali bo‘lsa-da, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishi bilan bu usullarning cheklovlari yuzaga kelmoqda. Maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlar, masalan, virtual mikroskoplar, 3D modellash, masofaviy o‘qitish platformalari va gamifikatsiya usullari orqali gistologiya o‘qitish jarayonini qanday yaxshilash mumkinligi ko‘rib chiqilgan. Aralash tadqiqot usullari yordamida talabalar bilim darajasi va amaliy ko‘nikmalarining rivojlanishi baholangan. Innovatsion usullar talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirishda samarali ekanligi aniqlangan. Shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ta’lim sifatini baholashda yangi indikatorlar qo‘llanilishi tavsiya etilgan. Maqola innovatsion pedagogik texnologiyalarni gistologiya o‘qitish jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va joriy etish bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuvlar tibbiyot oliygohlarida ta’lim sifatini oshirish va klinik amaliyotga tayyor kadrlar yetishtirishda muhim rol o‘ynaydi</em></p>
gistologiyatibbiyot ta’limiinnovatsion usullarvirtual mikroskopiyao‘z-o‘zini o‘rganish modullari (SDLMs)klinik amaliyotga tayyorlashhistologymedical educationinnovative methodsvirtual microscopy
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.