«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 1-son (2025)
YANGI AMARANT NAVLARIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA KIMYOVIY ELEMENTLARNI O‘RGANISH VA MAXSUS OZIQ-OVQAT QO‘SHILMASI YARATISH ISTIQBOLLARI
Najmitdinova, Guljahon
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada mamlakatimizda introduksiya qilingan va yangi navlari yaratilgan amarant o‘simligidan samarali foydalanish, amarantning boy biologik faol moddalari va kimyoviy tarkibining o‘ziga xosligini o‘rganish va ulardan inson salomatligini saqlashda unumli foydalanish, mahalliy yangi navlaridan kompleks foydalanish, funksional ovqatlanishni tashkil qilish uchun bug‘doy yormasi va soya uni bilan kompleksda biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratish hamda ularni amaliyotga joriy qilish muammolari yoritilgan. Kuchli jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi toifadagi insonlar uchun maxsus bo‘tqa yaratish uchun mahalliy yangi “O‘zbekiston-M”, “Andijon”, “Marhamat”, “Ulug‘nor” amarant navlaridan maqbullarini aniqlash uchun o‘simlik urug‘laridagi moddalar: asosiy nutriyentlari, almashinmaydigan aminokislotalar, makro- va mikroelementlar miqdori solishtirma tarzda o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida bu maqsadlar uchun “O‘zbekiston-M”, “Ulug‘nor” navlaridan foydalanish yuzasidan xulosa qilingan.</p>
. Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatkvest o’yinlarilabirint o’yinibirgalikdagi faoliyatrefleksiv faoliyattadqiqiy bilishekzistensiallikshaxsga yo’naltirilgan ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.